Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorazmda vazirning birinchi o‘rinbosari yoshlarga master-klass o‘tkazdi

Xorazmda vazirning birinchi o‘rinbosari yoshlarga master-klass o‘tkazdi

Foto: AKT vazirligi axborot xizmati

Bugun, 28-noyabr kuni Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanida yana bitta Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi.

Markazning ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos, AKT vazirligining hududiy boshqarmasi, viloyat hokimligi va Qo‘shko‘pir tumani hokimligi rahbar va xodimlari hamda mahalliy yoshlar ishtirok etdilar.

Ushbu markaz Xorazm viloyatida tashkil etilgan sakkizinchi o‘quv markazi hisoblanadi. O‘quv markazini tashkil etish uchun Qo‘shko‘pir tumanidan «O‘zbektelekom» AK Xorazm filialiga qarashli bo‘sh turgan bino tanlab olindi va to‘liq ta’mirdan chiqarildi.

Markaz zamonaviy kompyuter va robototexnika texnikalari bilan jihozlandi, unda aholi va yoshlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida zamonaviy bilim egallashlari hamda malakasini oshirishlari uchun zarur bo‘lgan barcha shart-sharoitlar yaratildi.

Foto: AKT vazirligi axborot xizmati

O‘quv markazi faoliyatining ilk kunida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos markazga tashrif buyurgan yoshlar uchun master klass o‘tkazdi.

Ushbu markazda yoshlar uchun kompyuterdan samarali foydalanish, dasturlash asoslari, kompyuter grafikasi va dizayn, robototexnika, veb dizayn asoslari, dasturlash tillari, veb va mobil ilovalarni yaratish kabi o‘quv kurslari hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining rahbar va xodimlari uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish bo‘yicha malaka oshirish kurslari tashkil etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring