Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xorazm viloyat hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Xorazm viloyat hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Xorazm viloyati hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Maslahatchisining o‘rinbosari Ismailov Umar Sapayevich hamda O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining o‘rinbosari Parpiyev Botir Raxmatovich ishtirokida yig‘ilish bo‘ldi.

Yig‘ilishda Sadullayev Jaxongir Qo‘shnazarovich Xorazm viloyati hokimining o‘rinbosari — mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

J.Sadullayev o‘zining mehnat faoliyatida davomida Ichki ishlar organlarida mas’ul lavozimlarida samarali mehnat qilgan, ushbu lavozimga tayinlangunga qadar viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Shu bilan birga, Xorazm viloyati Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari ham tayinlandi.

Boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga Kurbanbayeva Gulsara Axmedovna hamda boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarlari lavozimiga Raximov Sardorbek Qabulovich va Jumaniyazov Matkarimlar tayinlanishdi.

Yig‘ilishni viloyat hokimi Farxod Ermanov boshqarib bordi.

Manba: xorazm.uz

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring