Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xitoyda paydo bo‘lgan virus dunyoga xavf solmoqda

Xitoyda paydo bo‘lgan virus dunyoga xavf solmoqda

Foto: «RIA Novosti»

Xitoyda 2019-yil oxirida pnevmoniyaning kelib chiqishi noma’lum turi aniqlangandi. Mediklarga ko‘ra, bu kasallik qo‘zg‘atuvchisi — koronavirusning yangi turi, shu paytgacha 200 dan ziyod insonda kasallik aniqlandi, to‘rt holatda o‘lim kuzatildi.

Ayni paytda kasallik Xitoydan tashqarida, xususan, Janubiy Koreya, Yaponiya va Tailandda aniqlangan.

20-yanvar kuni kasallik bir odamdan boshqasiga yuqishi mumkinligi aniqlandi.

Yangi turdagi koronavirus shiddat bilan tarqatayotgani bois Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ertaga, 22 -yanvar kuni navbatdan tashqari yig‘ilishini o‘tkazadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring