Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoyda birgina iyul oyida infeksiyalar tufayli 2260 kishi hayotdan ko‘z yumdi

Xitoyda birgina iyul oyida infeksiyalar tufayli 2260 kishi hayotdan ko‘z yumdi

Foto: «Dni24.com»

Xitoyning qit’a qismida 2019-yil iyul oyida jami 2260 kishi yuqumli kasalliklar tufayli hayotdan ko‘z yumgan, deya xabar berdi «REGNUM» «Sinxua» axborot agentligiga tayanib.

XXR sog‘liqni saqlash milliy komissiyasiga ma’lumotiga ko‘ra, Xitoyning qit’a qismida iyul oyining o‘zida jami 943 403 ta infeksion kasallik holati qayd etilgan.

Ikkita vabo holati aniqlangan. O‘lat kuzatilmagan. Ushbu kasalliklar tufayli o‘lim holati ham qayd etilmagan. Vabo va o‘lat A sinfidagi infeksion kasallik hisoblanadi — ular infeksion kasalliklarni davolash va profilaktikasi to‘g‘risidagi Xitoy qonuniga ko‘ra eng xavfli kasalliklar ro‘yxatiga kiritilgan.

Jami 340 369 ta V sinfidagi infeksion kasallik holati qayd etilgan bo‘lib, ulardan 2253 tasi o‘lim bilan tugagan. Virusli gepatit, sil, zaxm, ichburug‘ va so‘zak kasalliklarning 92 foizini tashkil etdi.

C toifasidagi kasalliklar iyul oyida yettita o‘limga sabab bo‘ldi. Enterovirus vezikulyar stomatit, infeksion diareya va gripp eng ko‘p kuzatilgan. Jami holatlarning 94 foizi ularning hisobiga to‘g‘ri kelgan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring