Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xitoy: 33 nafar firibgar «shifokor» 14 yilgacha qamaladigan bo‘ldi

Xitoy: 33 nafar firibgar «shifokor» 14 yilgacha qamaladigan bo‘ldi

Foto: «Regnum»

Jami 33 kishi o‘zini shifokor qilib ko‘rsatib, Xitoy fuqarolariga telefon yoki internet orqali sog‘liqni saqlash mahsulotlarini sotganligi uchun 14 yilga qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda «Sinxua» agentligiga tayanib «Regnum» xabar berdi.

Chunsin shahar sudi ma’lumotiga ko‘ra, ayblanuvchilar Xitoy shaharlarida sog‘liqni saqlash sohasida bir qator kompaniyalarga asos solib, sotuvchilarni ishga yollashgan. Ular esa o‘zlarini tibbiyot sohasi ekspertlari deb ko‘rsatib, o‘rta va keksa yoshdagi kishilarga sog‘liqni saqlash mahsulotlarini qimmat narxlarda sotishgan.

2014 — 2017-yillarda firibgarlar jami 56,15 million yuan (taxminan $7,9 million) pul ishlab topishgan. Ayblanuvchilar 3 yildan 14 yilgacha qamoq jazosi hamda 10 mingdan 500 minggacha yuan miqdorida jarima to‘lashga hukm qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring