Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hindistonda «marhum» o‘z dafn marosimida «tirilib ketdi»

Hindistonda «marhum» o‘z dafn marosimida «tirilib ketdi»

Foto:«Pixabay»

Hindistonda «mo‘jizaviy tirilish» yuz berdi. Gap shundaki, 55 yoshli cho‘ponning oilasi u uchun dafn marosimini uyushtirgan.

Ma’lum bo‘lishicha, cho‘pon echkilarni boqayotib bedarak yo‘qolgan, oila a’zolari esa uni behush holatda topishgan.

Hamma uni o‘ldiga chiqarib, dafn marosimini uyushtirishgan deya xabar beradi AsiaOne.

Biroq cho‘pon osonlikcha «taslim bo‘lish»ni xohlamadi va uni qabrga tushirishmoqchi bo‘lgan paytda uyg‘ondi.

Cho‘ponning yaqinlari «marhum» boshini qimirlatganini payqab qolishgan va vahimaga tushishgan. Keyin erkak zudlik bilan shifoxonaga yetkazilgan. Shifokorlar bemorning tirikligini, ammo isitmasi balandligini aytishgan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring