Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xalq ta’limi vazirligi foydali telegram-botni ishga tushirdi

Xalq ta’limi vazirligi foydali telegram-botni ishga tushirdi

Foto: XTV axborot xizmati

UzEduBot botining asosiy maqsadi xalq ta’limi tizimidagi ma’lumotlarni olishga qulaylik yaratishdan iborat, deb xabar berdi XTV axborot xizmati.

Bot orqali foydalanuvchilar Xalq ta’limi vazirligi, respublika tashkilotlari hamda viloyat, shahar va tuman xalq ta’limi boshqarmalari, shuningdek, bo‘limlari manzili, telefon raqamlarini olish mumkin.

Bot yordamida umumiy o‘rta ta’lim maktablari va ixtisoslashgan muassasalar hamda mehribonlik uylarining manzillarini ham topish imkoniyati bor.

Mazkur bot tashkilotlarning manzili bilan birga xarita va ularning joylashgan joyini ham ko‘rsatib beradi.

Avtomatlashgan tizim amalga oshirilgan va oshirilishi kutilayotgan loyihalar, umumta’lim maktablarining moliyaviy xarajatlari (maktablar smetalari) hamda bo‘sh ish o‘rinlari haqidagi ma’lumotlarni ham taqdim etadi.

Foydalanuvchilar bot yordamida vazirlik tizimiga oid yangiliklar bilan ham muntazam tanishib borishlari mumkin.

UzEduBot boti hozirda test tizimida faoliyat yuritmoqda. Loyiha «Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi» DUK mutaxassislari tomonidan yaratilgan. UzEduBot boti qo‘shimcha ma’lumotlar bilan muntazam yangilanib boriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring