Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalq banki yangi loyihalar evaziga 16 mingdan ziyod yangi ish o‘rni yaratmoqchi

Xalq banki yangi loyihalar evaziga 16 mingdan ziyod yangi ish o‘rni yaratmoqchi

Foto:«Xabar.uz»

Prezident Shavkat Mirziyoyevning hududlarga tashrifi davomida Xalq bankiga bir qator topshiriqlar berilgandi.

Xususan, 2018-2019-yillarda bo‘lib o‘tgan tashriflarda tasdiqlangan majlis bayonlariga asosan, umumiy qiymati 4 934,4mlrd.so‘mlik 1 781 ta loyihani moliyalashtirish belgilangan.

Ushbu loyihalarni amalga oshirish hisobiga 16658 ta yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilmoqda. Shundan, qishloq xo‘jaligi sohasida 1 015 ta loyihaga 2 983,7 mlrd. so‘m, sanoat sohasida 333 ta loyihaga1 237,6 mlrd. so‘m vaxizmat ko‘rsatish sohasida 433 ta loyihaga713,1 mln. so‘m miqdorida mablag‘lar yo‘naltiriladi.

Agar bu raqamlarni yillar kesimida ajratadigan bo‘lsak, 2019 yilda 1 547 ta loyihaga 1 801,6 mlrd. so‘m, 2020 yilda esa 234 ta loyihaga 627,0 mlrd.so‘mmablag‘larajratilishi rejalashtirilgan.

Joriy yilning birinchi yarmida 1 072 ta (70%) loyihaga 943,4 mlrd.so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratildi. Buning natijasida 4 160 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

O‘tgan yilning shu davrida 330 ta loyihaga 364,5 mlrd.so‘m kredit mablag‘i ajratilgan.O‘sish 325 foizni tashkil etib, 1 592 ta ish o‘rni yaratilgan.

Moliyalashtirilgan loyihalar tarmoqlar kesimida qishloq xo‘jaligi sohasida 506 ta loyihaga 632,6 mlrd. so‘m, sanoat sohasida 248 ta loyihaga 164,9 mlrd. so‘m, xizmat ko‘rsatish sohasida 318 ta loyihaga145,8 mln. so‘m mablag‘ ajratildi.

Joriy yilning ikkinchi choragida sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi sohasida yana 521 ta loyiha amalga oshirilishi belgilangan. Ularga 942,0 mlrd. so‘m kredit mablag‘lari ajratilishi, shuningdek, 2646 ta yangi ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring