Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalq banki kredit kartasini ishga tushirdi (video)

Xalq banki kredit kartasini ishga tushirdi (video)

Foto: Bank axborot xizmati

Endi Xalq banki kredit kartalari bilan bank tomonidan ajratilgan kredit limiti doirasida tovar va xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish mumkin. «Kredit Karta» egasi belgilangan limit doirasida istalgan savdo shoxobchasidan to‘lovlarni amalga oshiradi yoki bankomatlardan naqd pul yechishi mumkin.

Kredit kartasi uning saqlovchisiga bank tomonidan belgilangan kredit limiti doirasidagi mablag‘lardan imtiyozli davrda (imtiyozli davr 30 kun) foizsiz foydalanish imkonini beradi.

Imtiyozli davrda foydalanilgan kredit qarzdorligi to‘liq qoplanganda, kredit karta limiti qayta yangilanadi hamda mijozda ushbu mablag‘lardan imtiyozli davr bilan qayta foydalanish imkonini beradi.

Imtiyozli davrda kredit summasi to‘liq qaytarilmaganda, kredit mablag‘lardan foydalangan davr uchun belgilangan foiz stavkasida foiz undiriladi.

Kredit kartasi 5 yil muddatga ochiq kredit liniyasi bilan beriladi.

Reklama huquqi asosida

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring