Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xalq banki «Kobeydj» kartasini ishga tushirdi (video)

Xalq banki «Kobeydj» kartasini ishga tushirdi (video)

Foto: Bank axborot xizmati

Xalq banki o‘z mijozlariga yuqori xavfsizlik tizimiga ega zamonaviy va qulay «Kobeydj» kartalarini ishga tushirdi.

Ushbu kartaga oylik ish haqi hamda istalgancha milliy valyutadagi mablag‘larni kirim qilish mumkin. Endi xorijiy valyutadagi boshqa kartalarni ochish zarurati ham yo‘q. Chunki ushbu kartadan xorijiy davlatda to‘lovni amalga oshirish va bankomatlardan naqd valyuta mablag‘ini yechish mumkin. Bunda kartadagi mablag‘ingiz avtomatik tarzda chet el valyutasiga konvertatsiya qilinadi.

Shuningdek, mazkur karta orqali internet do‘konlaridan xaridlarni amalga oshirish, mehmonxona, aviachipta va boshqa xizmatlarni bron qilish imkoniyati ham mavjud.

Qisqasi, dunyoning 170 dan ortiq davlatlarida ushbu karta yordamida turli xaridlarni amalga oshirish yoki bankomatlardan naqd valyuta mablag‘larini yechib olish endi muammo emas. 

«Kobeydj» kartaga ega bo‘lish uchun Xalq bankining barcha filiallariga murojaat qilishingiz mumkin. 

Kanalga ulaning:  https://t.me/xalqbankinfo

Bank axborot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring