Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«VIP-vaksinatsiya» sog‘liqni saqlash vazirini iste’foga chiqardi — Argentina

«VIP-vaksinatsiya» sog‘liqni saqlash vazirini iste’foga chiqardi — Argentina

Xines Gonsales Garsiya.

Foto: «Reuters»

Argentina sog‘liqni saqlash vaziri Xines Gonsales Garsiya iste’foga chiqdi. «VIP-vaksinatsiya» — hukumatga yaqin shaxslar navbatdan tashqari emlanayotgani katta mojaroga sabab bo‘ldi. Gonsales Garsiya o‘z iste’fosi haqida «Twitter»da yozdi.

Shu paytgacha Gonsales Garsiyaning o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelgan Karlos Vissotti sog‘liqni saqlash bo‘yicha yangi vazir etib tayinlandi.

Argentinada «VIP-vaksinatsiyalash» ketayotgani 71 yoshli jurnalist Orasio Verbitskiy «Destape» radiosidagi efirda koronavirusga qarshi vaksina olish uchun «o‘zining eski do‘sti» vazirga qo‘ng‘iroq qilganini aytganidan so‘ng ma’lum bo‘lgandi.

Keyinroq «Clarin» nashri vaksinani navbatsiz oladigan amaldorlar ro‘yxatini chop etdi: hammasi Rossiyaning «Sputnik V» vaksinasi bilan emlanish istagini bildirganlar.

Argentina prezidenti Alberto Fernandes davlat rahbarlari orasida ikkinchi bo‘lib «Sputnik V» vaksinasi bilan emlangandi.

Eslatib o‘tamiz, Argentinada 2020-yilning dekabrida «Sputnik V»ga ruxsat berilgan. Shuningdek, mamlakatda «Pfizer/BionTech» vaksinasi ham ro‘yxatdan o‘tgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring