Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Wikipedia» dunyo bo‘ylab ishlamay qoldi

«Wikipedia» dunyo bo‘ylab ishlamay qoldi

Foto: «Pixabay»

«Downdetector» portali xabariga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab foydalanuvchilar «Wikipedia» onlayn-ensiklopediyasi ishlamay qolganidan shikoyat qilgan.

Servis ishlamayotgani haqida ilk xabarlar kecha, 8 sentyabr kechki soat 23:00 (Toshkent vaqti bilan)lardan kelib tusha boshlagan. Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Italiya, Portugaliya, Polsha, Shvetsiya, Shveysariyada servis yaxshi ishlamagani, qolaversa, uzilishlar Rossiya, Ukraina va Belarusda ham kuzatilgani haqida xabarlar bor.

Portal xabariga ko‘ra, foydalanuvchilarning 92 foizi saytga kirishda, 7 foizi avtorizatsiyadan o‘tishda muammoga duch kelgan.

Bu oxirgi bir necha kun ichida «Wikipedia» faoliyatidagi keng ko‘lamli ikkinchi uzilishdir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring