Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vazir soha xodimlari uchun asosiy mezonni aytdi (foto)

Vazir soha xodimlari uchun asosiy mezonni aytdi (foto)

Foto: Xabar.uz

Buxoro katta shahar, aholisi 700 mingdan ko‘p. Shaharda 53 ta maktab, 76 ta maktabgacha ta’lim va 48 ta sog‘liqni saqlash muassasasi bor.

Aholi xonadonlari va budjet tashkilotlari 50 mingtadan ziyod simli telefonga ulangan. Shaharda 24450 tadan ortiq internet abonentlari bor. Xo‘sh, bu kammi yo ko‘p?..

Buxoro shahar telekommunikatsiyalar bog‘lamasi mutassaddilarining bizga ma’lum qilishlaricha, internetga ulanish uchun salkam yana 50 mingta bo‘sh portlar mavjud.

Aholining telekommunikatsiya xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida «O‘zbektelekom» AK mana bir necha yildirki, o‘z savdo ofislari faoliyatini yo‘lga qo‘ymoqda.  Ushbu markazlarda telefon tushirishga buyurtma berish, «O‘zMobayl» sim kartalarini olish, internetga ulanish, to‘lovlarni amalga oshirish kabi bir qator xizmatlardan foydalanish mumkin.

Bugun, 22 yanvar kuni shahardagi 226-ATSda ana shunday tezkor xizmat ko‘rsatuvchi savdo ofisi ochildi. Marosimda viloyatda xizmat safari bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov rahbarligidagi Ishchi guruh a’zolari ham qatnashdi. Mijozlar uchun barcha sharoitlar muhayyo etilgan markazda olti nafar mutaxassis xizmat ko‘rsatadi.

– Bu avtomat telefon stansiya 10 ming abonentga xizmat ko‘rsatar ekan, – dedi AKT vaziri Shuhrat Sodiqov –  Albatta, bu kam. Aloqa xizmatlariga bo‘lgan talab oshib bormoqda. Ayniqsa, sifat masalasi hamisha muhim hisoblangan. Buning uchun yetuk mutaxassislar kerak. Kuni kecha Buxoroda AKTga ixtisoslashgan tayanch maktabini ochdik. Qolaversa, pandemiya sharoitida axborot texnologiyalari sohasi yaxshigina sinovdan o‘tdi. Xizmat ko‘rsatish borasida tajribamiz yanada oshdi. Bu kabi savdo ofislari har bir mijoz uchun tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatishi shart. Mana shu bosh mezon bo‘lishi kerak.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring