Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Van Den Bergning zargarona goli va «chuvalchang raqsi»ni milliondan ortiq odam tomosha qildi (video)

Van Den Bergning zargarona goli va «chuvalchang raqsi»ni milliondan ortiq odam tomosha qildi (video)

Skrinshot

Belgiya chempionatida «Beyersxot» himoyachisi Yan Van Den Berg 35 metrdan raqib darvozasi to‘qqizligiga kiritgan gol «Twitter»da million marotabadan ko‘p tomosha qilindi. 

65-daqiqada urgan chiroyli goli bilan Van Der Berg jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Keyin esa «chuvalchang» uslubida nishonladi.

«Bu o‘zimizning davradagi hazilimiz. Ba’zida zalda mashg‘ulot payti chuvalchang mashqini qilib turamiz. Tom Pitermat («Bersxot» yarimhimoyachisi) buni o‘yinda ham bajarishim kerakligini aytdi. Ahmoqqa o‘xshab ko‘rinamanmi deb avvaliga cho‘chidim. Bunaqa golni nishonlashga arziydi, menimcha. Endi navbat Tomga», — dedi Van Der Berg.

Bu o‘yin 21-fevral kuni o‘tkazilgandi. Yakunda «Beyersxot» 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. 82-daqiqada Rafael Xolsxauzer o‘n bir metrlikni golga aylantirib, hisobni mustahkamlagan bo‘lsa, raqib «Genk» futbolchilari faqat qo‘shimcha vaqtga borib bitta gol ura olishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring