Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dubayda kuchli portlash yuz berdi

Dubayda kuchli portlash yuz berdi

Foto: disclosetv

Xabarning audio talqini

Dubayda, Jebel Ali portidagi neft omborxonasi hududida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda «Al-Arabiy al-Jadid» gazetasiga asoslanib RIA Novosti ma’lum qildi.

Al-Arabiya telekanali esa portlash langar kemasida sodir bo‘lganini ta’kidlagan.

«Hozirda Dubay fuqarolik mudofaasi departamenti Jebel Ali portidagi konteyner portlashi natijasida kelib chiqqan yong‘inni bartaraf etish bilan shug‘ullanmoqda», — deya bayonot bergan amirlik hukumati matbuot kotibi.

Jabrlanganlar bo‘yicha ma’lumot hozircha yo‘q. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring