Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Milliy bank Rossiya banki moliyaviy xabarlar yetkazish tizimiga ulanadi

Milliy bank Rossiya banki moliyaviy xabarlar yetkazish tizimiga ulanadi

Foto: «Xabar.uz»

2020 yil 17 sentyabrda Rossiya Federatsiyasining «VEB.RF» Davlat taraqqiyot korporatsiyasi raisi I.I.Shuvalov boshchiligidagi delegatsiyasi tashrifi davomida O‘zbekiston Milliy banki va VEB.RF o‘rtasida O‘zbekiston Milliy bankini Rossiya Banki Moliyaviy xabarlar yetkazish tizimiga (SPFS) ulash bo‘yicha kelishuv imzolandi.

SPFS moliyaviy operatsiyalar bo‘yicha elektron xabarlar yetkazuvchi maxsus kanalni (xalqaro bank tizimida ma’lum bo‘lgan SWIFT tizimining analogi) o‘zida aks ettiradi va Rossiya banklari va tizimga ulangan boshqa xorijiy bank-korrespondent bilan xalqaro to‘lovlar bo‘yicha kerakli ishlarni kafolatlaydi.

O‘zbekiston Milliy banki SPFS ga ulanishining afzalligi banklararo operatsiyalar bo‘yicha ma’lumotlarni yetkazishning yuqori darajali tezligi, moliyaviy tranzaksiyalar himoyasi, o‘zaro hisob-kitoblar va axborot almashishda moslashuvchanlik va tezkorlikni ta’minlaydigan, xalqaro standartlarga javob beradigan kanalga ega bo‘lishdir.

Shu bilan birga tizim mijozlarga xizmat ko‘rsatishda qo‘shimcha qulayliklar yaratish, innovatsion asosda hisob-to‘lov jarayonlarini modernizatsiyalash, banklararo kommunikatsiyalar bo‘yicha harajatlarni kamaytirish va xorijiy moliya institutlari bilan hamkorlik qilish imkoniyatlarini diversifikatsiyalash imkonini beradi.

VEB.RF O‘zbekiston Milliy bankining O‘zbekiston Respublikasiga Rossiyaning yuqori texnologiyali uskunalarini yetkazib berishni moliyalashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan qator investitsion loyihalarni amalga oshirish doirasida strategik sherigi hisoblanadi.

Ma’lumot: Hamkorlik doirasida bugungi kunda umumiy qiymati 188 million yevroga teng bo‘lgan 4 kredit shartnomalari tuzilgan va gidroenergetika, issiqlik energetikasi va transport sohasidagi loyihalar moliyalashtirilmoqda.

VEB.RF – davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatini amalga oshiruvchi maxsus moliya institutidir. Uning asosiy vazifasi - infratuzilma, sanoat, ijtimoiy sohani rivojlantirish,texnologik salohiyatni mustahkamlashdan iboratdir. VEB.RF SPFSga chet ellik sheriklarning ulanishi masalalarini hal qilishga yordam berish uchun Rossiya Banki tomonidan vakolatlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring