Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Uzmobile»dan yangi tariflar to‘plamini kutib oling!

«Uzmobile»dan yangi tariflar to‘plamini kutib oling!

Sehrli kombinatsiya — yangi mavsum, yangi qoidalar, haqiqiy mobil bezlimitlik yangi tarif rejalarida.

Yangi mavsumda «Uzmobile» kutilmagan yangi sovg‘alar bilan kirib keldi! Kompaniya tomonidan yangi «Sehrli kombinatsiya» — Street, Flash va Royal — yangi avlod tarif rejalari ishga tushiriladi.

Abonentlar o‘zlariga mos keladigan tariflardan birini ulanish kunidan boshlab roppa-rosa 1 oylik, juda qulay shartlar asosida sotib olishlari mumkin.

Endi «Uzmobile» abonenti bo‘lish yanada foydali va qulay! Milliy aloqa operatorining xizmatlaridan eng past narxlarda va maksimal qulaylikda foydalaning! Kompaniya sanalarga bog‘lanishga yo‘q deydi! Chegaralar olib tashlanadi va qoidalar o‘zgartiriladi!

Uchta «kombinatsiyalar» dan biriga ulaning: Street, Flash va Royal va yangi qoidalar bo‘yicha yashang!

39 900 so‘m bo‘lgan Street – bu 750 daqiqa aloqa (tarmoq ichida +1500 daqiqa), 750 SMS va 5000 MB internet-trafik.

69 900 so‘m qiymatidagi Flash – bu 1500 daqiqa (tarmoq ichida +2000 daqiqa), 1500 SMS va 14000 MB internetni taqdim etadi.

Royal — 149 900 so‘m evaziga — cheksiz qo‘ng‘iroqlar va internet-trafik.

Bularning barchasi — bir oy davomida, ulanish kunidan boshlab!

Ulanishingiz bilan suhbat quring!

Ushbu tarif rejalarida quyidagi qo‘shimcha xizmatlarga kirish cheklangan: «Tungi internet», «Internet non-stop» paketlari guruhi, «Kunlik internet to‘plamlari» (kunlik paketlar) guruhi, «TAS-IX uchun internet-to‘plamlar», guruh internet to‘plamlari va kunlik internet to‘plamlari. Tarif rejasiga o‘tishda foydalanilmagan daqiqa/MB/SMS trafigi tiklanadi.

Shuningdek, 2019 yil 5 sentyabrdan boshlab jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar uchun ««Salom Plus», «Komfort», «Uzmobile 1200», «Uzmobile 4000» va «Traffic»  tarif rejalariga o‘tish to‘xtatiladi.

Uzmobile — ishonchli aloqa mobil operatori.

 Reklama huquqi asosida

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring