Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kann kinofestivalida ikkinchi bor «Uzbekistan» paviloni tashkil etiladi

Kann kinofestivalida ikkinchi bor «Uzbekistan» paviloni tashkil etiladi

Foto: Jasur Shametov

72-Kann Xalqaro kinofestivali 2019 yilning 14-25 may kunlari Fransiyaning mashhur Kruazet bulvaridagi Festivallar va kongresslar saroyida o‘tkaziladi.

Unda «Uzbekistan» milliy paviloni ham tashkil etiladi. Pavilon O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, «O‘zbekkino» Milliy agentligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Kinematografiyani rivojlantirish markazi, O‘zbekiston milliy kinokomissiyasi va O‘zbekistonning Fransiyadagi elchixonasi bilan hamkorlikda tashkil qilinmoqda.

Bu borada O‘zbekiston milliy kinokomissiyasi Kann kinofestivali direksiyasi bilan tegishli shartnoma imzolagan bo‘lib, hozirgi kunda milliy pavilonni tashkil qilish bilan bog‘liq tashkiliy jarayon olib borilmoqda.

Kinotadbir davomida yurtimizning kinoturizm salohiyati va qulay kinolokatsiyasini targ‘ib qilish, taniqli kinokompaniyalarni mamlakatga o‘z filmlarini suratga olish uchun taklif qilish, PROlogue V Xalqaro kinofestivalining taqdimoti, jahon kinosanoati vakillari bilan O‘zbekiston ishtirokida qo‘shma kinoloyihalar bo‘yicha kelishuvlarga erishish hamda milliy filmlarimiz targ‘iboti rejalashtirilgan.

2018 yil 8-19 may kunlari 71-Kann xalqaro kinofestivali doirasida ilk bora O‘zbekiston paviloni tashkil etilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring