Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Umid Ahmadjonov O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasidan ham ketdi

Umid Ahmadjonov O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasidan ham ketdi

Foto:«Xabar.uz»

Joriy yilning 3-mart kuni Tayland poytaxti Bangkok shahrida Osiyo Olimpiya kengashining 38-Bosh Assambleyasi (OOK) bo‘lib o‘tgan va unda Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidentligi lavozimiga Markaziy Osiyo mintaqasidan Umid Ahmadjonov saylangandi.

«Shu kungacha O‘FA Birinchi vitse-prezidenti sifatida faoliyat olib borgan Umid Ahmadjonov bir vatqning o‘zida Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti sifatida ham ishlayotgandi. Ammo chet elga uyushtiriladigan xizmat safarlari ko‘pligi bois Umid Ahmadjonov O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasidan ketishga qaror qildi» deyilmoqda O‘FA matbuot xabarida.

«Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidentligi nihoyatda mas’uliyatli vazifa. Kelasi yil Tokioda Olipiya o‘yinlari boshlanadi. Mazkur musobaqaga vaqt kam qolmoqda. Xizmat safarlari ko‘p. Shu sababdan O‘zbekiston futbol assotsitsiyasi vitse-prezidentligidan bo‘shash bo‘yicha ariza yozdim.

O‘ylashimcha, o‘tgan vaqt davomida o‘zbek futboli rivoji uchun astoyidil mehnat qilib, qo‘limizdan kelgan barcha chora-tadbirlarni amalga oshirdik. Bularning samarasi asta-sekin ko‘zga tashlanmoqda.

Shu o‘rinda yurtimizda sport rivojiga, xususan, futbol rivojiga katta ahamiyat qaratib kelayotgan muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovichga, barcha zarur shart-sharoitlarni yaratib berayotgan hukumatimiz rahbariyatiga minnatdorchilik bildirib o‘tmoqchiman», - degan Umid Ahmadjonov.

O‘tgan oyda Ahmadjonov MOQ rahbarligidan ham ketgan edi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring