Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Umar Nurmagomedov Toshkentdagi jangiga akasi Habib bilan tayyorlanmoqda

Umar Nurmagomedov Toshkentdagi jangiga akasi Habib bilan tayyorlanmoqda

Shu yilning 23-noyabr kuni kichik Nurmagomedov Toshkentda Nikita Chistyakovga qarshi jang qiladi, deb xabar berdi «Sports.uz».

Rossiyalik UFC chempioni Habib Nurmagomedov ukasi Umar Nurmagomedov bilan birga bo‘lgan sparring fotosuratlarini instagramga joylashtirdi. Habibning so‘zlariga ko‘ra, u keyingi jangga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

«Ukam ham jang qiladi. Umar Nurmagomedov O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan GFC 20 turniridagi jangga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Men ham kelgusi yilgi janglarga tayorlanmoqdaman», – deb yozib qolgan Habib.

Eslatib o‘tamiz: Umar Nurmagomedov 23-noyabr kuni Toshkentda, «Humo» arenasida bo‘lib o‘tadigan GFC 20 turnirining markaziy jangida Nikita Chistyakovga qarshi oktagonga ko‘tariladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring