Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ularning barchasi O‘zbekiston fuqarolari». Tomskda 11 kishi qurbon bo‘ldi

«Ularning barchasi O‘zbekiston fuqarolari». Tomskda 11 kishi qurbon bo‘ldi

Foto: «russian.rt.com»

Tomsk viloyati Asinov tumanida 21-yanvar kuni sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 11 kishi qurbon bo‘ldi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.

Bino ichida bo‘lganlardan 3 kishi tashqariga chiqishga ulgurgan. Yong‘inning umumiy maydoni 208 kvadrat metrni tashkil qilgan. Yong‘in bartaraf etilgach, 11 kishining jasadi topilgan.

Xabar qilinishicha, yonib ketgan bino yotoqxona bo‘lgan, unda «Grinvud» MChJ yog‘och tayyorlov kompaniyasining 12 nafar xodimi yashagan. Ularning barchasi O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgani aytilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring