Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ular bunga haqli edilar! «Manchester Siti» — Angliya chempioni!

Ular bunga haqli edilar! «Manchester Siti» — Angliya chempioni!

Foto: «Uff.uz»

Angliya chempionatining so‘nggi 38-turidan o‘rin olgan «Brayton» – «Manchester Siti» uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. «Falmer» stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda «Manchester Siti» irodali g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Uchrashuv kutilganidek mehmonlarning ustunligida boshlandi, biroq dastlabki bosimlarni mankuninalar golga aylantira olishmadi. Mezbonlarning ilk xavfli hujumi esa gol bilan yakunlandi, 27-daqiqada Glenn Myurrey burchakdan uzatilgan to‘pni boshi bilan darvozaga aniq yo‘naltirdi.

Biroq mehmonlar bunga darhol javob qaytarishdi, David Silvaning chiroyli uzatmasidan so‘ng Serxio Aguero to‘pni o‘ziga o‘nglab oldi va darvozani ishg‘ol qildi.

38-daqiqada «Manchester Siti» ikkinchi golni urdi, burchakdan uzatilgan to‘pni Emerik Lyaport kuchli zarba bilan darvozaga joylab qo‘ydi. 63-daqiqada Riyod Mahrez jarima maydoni tashqarisida himoyachini aldab o‘tib zarba yo‘lladi va chiroyli golga muallif bo‘ldi.

Qolgan vaqtda ham manchesterlik futbolchilar faollikni kamaytirishmadi. 72-daqiqada Ilkay Gyundogan jarima zarbasini qoyilmaqom ijro etib, hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.

Shu tariqa, Pep Gvaridola shogirdlari 98taga yetkazgan holda navbatdagi chempionlikni nishonlashdi.

APL, 38-tur
Brayton – Manchester Siti 1:4 (1:2, 0:2)
Gollar: 1:0 – 27 Myurrey, 1:1 – 28 Aguero, 1:2 – 38 Laport, 1:3 – 63 Mahrez, 1:4 – 72 Gyundogan.
Brayton – Rayan, Dank, Bernardo, Daffi, Saltor (Montoyya, 84), Kayyal, Knokert, Gross, Bissuma, Djaxanbaxsh (Lokadiya, 67), Myurrey (Andone, 68).
Manchester Siti – Ederson, Laport, Uoker (Danilo, 88), Kompani (Otamendi, 86), Zinchenko, Silva (de Bryuyne, 78), Gyundogan, Marez, Bernardu Silva, Sterling, Aguero.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring