Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ular bilan ishlash juda oson!» — «Ucell-Nukus» dileri (video)

Ucellning mintaqaviy filiallari bo‘ylab «Xabar.uz» media-turlari davom etmoqda. Bu safar biz sizni «Ucell-Nukus» mintaqaviy filiali faoliyati bilan tanishtiramiz.

— «Ucell-Nukus» mintaqaviy filiali 2004 yildan beri faoliyat ko‘rsatadi. Kompaniya tarmog‘ida 2G, 3G va 4G standartlaridagi 400 ga yaqin tayanch stansiyalari ishlab turibdi. Kompaniyaning Qoraqalpog‘istondagi abonentlar bazasi 428 mingdan ortiqni tashkil etadi, — deydi filial direktori Bayram Jumagulov. — Qoraqalpog‘iston Respublikasi mintaqasida kompaniyamiz abonentlar bazasi bo‘yicha yetakchi sanalanadi. Mintaqadagi mijozlarga xizmat ko‘rsatish uchun 47 ta dilerlik punktlari jalb qilingan. 

«Ucell-Nukus»ning abonentlarga xizmat ko‘rsatish guruhida to‘rt nafar operator ishlaydi. Ular kuniga kamida 100 kishiga xizmat ko‘rsatadi. Guruh kompaniya xizmatlariga yangi ulanish, SIM-kartani almashtirish, raqamni yangilash, shuningdek turli xil xizmatlarni yoqish va o‘chirish kabi xizmatlarni taqdim etadi.

— Karantin paytida mintaqaviy bo‘lim tomonidan respublikaning 200 nafardan ortiq abonentlariga SIM-kartalar yetkazib berildi. Ushbu xizmat bugungi kungacha faol. Endi abonentlar SIM-kartani uydan turib buyurtma qilishlari mumkin. Kompaniya barcha xodimlarni zaruriy himoya vositalari bilan ta’minlaydi, — deydi «Ucell-Nukus» filialining abonentlarga xizmat ko‘rsatish guruhi operatori Azizbek Nisanbayev.

«Ucell-Nukus» texnik xizmat ko‘rsatish guruhida 20 nafar xodim faoliyat olib boradi. Ular tomonidan 2020 yilning boshidan buyon 42 ta tayanch stansiyasi 4G standartiga modernizatsiya qilindi.

— Yaxshi yangilik bilan bo‘lishmoqchiman: bugun respublikaning eng chekka nuqtasida — Qoraqalpog‘iston qishlog‘ida, Qozog‘iston bilan chegaradagi «Daut-ata» bojxona postida tayanch stansiyasi foydalanishga topshirildi. Ushbu stansiyasining ishga tushirilishi yuqori sifatli aloqa va internetdan foydalanish imkonini beradi, — deydi «Ucell-Nukus» mintaqaviy filiali bosh muhandisi Muratbay Seyidov.

«Ucell-Nukus» dileri Timur Dosxodjayev kompaniya bilan ishlashdan juda mamnunligini aytadi:

— Ayni paytda bizda beshta shoxobcha bor, yetti operator ishlaydi. Ucell har doim tariflar va xizmatlar bo‘yicha bizning fikr va mulohazalarimizni eshitadi. Operatorlarimiz har yili Ucell mutaxassislari tomonidan o‘qitiladi. Avvalo, men kompaniyaning ishimizni yaxshi rag‘batlantirishini ta’kidlashni istardim. Qolaversa, Ucell abonentlarga xizmat ko‘rsatish uchun juda qulay tarif rejalariga ega. Ular bilan ishlash juda oson!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring