Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ukrainada 57 foiz ovoz hisoblandi. Zelenskiy hamon yetakchi

Ukrainada 57 foiz ovoz hisoblandi. Zelenskiy hamon yetakchi

Kecha, 31 mart sanasida Ukraina prezidentligi uchun saylov bo‘lib o‘tgan edi. Mamlakat markaziy saylov komissiyasi Toshkent vaqti bilan soat 11.30ga qadar 57 foiz ovozlarni saralab bo‘lgan.

Amalga oshirilgan hisob-kitoblarga ko‘ra artist Vladimir Zelenskiy hamon yetakchilik qilib turibdi. Uning uchun 30.28 foiz ovoz berilgan. Amaldagi prezident Petr Poroshenko 16,49 foiz ovoz bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Uchinchi o‘rindagi sobiq bosh vazir Yuliya Timoshenko esa 13.08 foiz ovozga ega. Nomzodlardan biri birinchi turdayoq g‘alaba qozonishi uchun 50 foiz va yana bitta qo‘shimcha ovoz olishi shart. Aks-holda ikkinchi bosqich o‘tkaziladi.

Agar vaziyat shu tahlit o‘zgarmay qolsa, ikkinchi turda Vladimir Zelenskiy va Petr Poroshenko o‘zaro kurash olib boradi. Saylovning ikkinchi turi 21 aprelda o‘tkazilishi, Markaziy saylov komissiyasi esa natijalarni 1 mayga qadar e’lon qilishi lozim.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring