Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ukrainada 25 foiz ovoz hisoblandi. Zelenskiy prezidentlik uchun yaqqol yetakchi

Ukrainada 25 foiz ovoz hisoblandi. Zelenskiy prezidentlik uchun yaqqol yetakchi

Foto: «RIA Novosti»

Ukraina markaziy saylov komissiyasi mamlakat prezidentligi uchun saylovda ovozlarning to‘rtdan bir qismini hisoblab bo‘ldi.

Toshkent vaqti bilan tonggi 06.40da bo‘lgan holat bo‘yicha 25,3 foiz ovoz hisobga olingan. Unga ko‘ra hozircha artist Vladimir Zelenskiy yetakchilik qilyapti. Unga 30 foiz saylovchilar ovoz bergan. Ikkinchi o‘rinda amaldagi prezident bormoqda. Petr Poroshenko uchun 16,8 foiz ovoz berilgan.

Sobiq bosh vazir Yuliya Timoshenko uchun esa 13,3 foiz saylovchilar ovoz berishdi. Yana bir nomzod Yuriy Boyko 11,3 foiz ovoz to‘plashga muvaffaq bo‘ldi. Qolgan nomzodlar uchun o‘n foizdan kam ovoz berilgan.

Eslatib o‘tamiz, saylovning birinchi turidayoq g‘olib bo‘lish uchun 50 foiz va yana bitta ko‘p ovoz to‘plash lozim. Agar hech bir nomzod bunga muvaffaq bo‘lmasa, ikkinchi tur 21 aprelda bo‘lib o‘tadi. Markaziy saylov qo‘mitasining yakuniy protokoli esa 1 mayga qadar e’lon qilinishi lozim.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring