Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

UFC xo‘jayini: «Konor — Habib revanshi? Bo‘ladi, faqat ikkita sharti bor»

UFC xo‘jayini: «Konor — Habib revanshi? Bo‘ladi, faqat ikkita sharti bor»

Kollaj: LIFE

Konor Makgregor — Habib Nurmagomedov jangi, oktagonda ikki yil avval tugagani bilan, maydon atrofida davom etyapti. O‘shandan beri dog‘istonlik UFC chempionligini yana bir bor sharaf bilan himoya qildi, ammo iqror bo‘lish kerak, Puare bilan jang bu sport edi, odamlarga esa haqiqiy tomosha kerak. Ana shuning uchun ham Makgregor — Nurmagomedov jangini yana bir bor o‘tkazish g‘oyasi tashkilotchilarga tinchlik bermayapti, biroq buning uchun asos ham bo‘lishi kerak-da.

Dana Uayt. Foto: «Fightnews.info»

«Konor Kovboyni yengishi shart — bu juda qiyin masala, ayniqsa, yarim o‘rta vaznda. Serrone ham vaznini ushlashi kerak. Buyoqda Habib Fergyusonni mag‘lub etishi lozim. Ikkalasi ham g‘alaba qozonishsa, o‘ylaymanki, biz ularning revanshini tashkil eta olamiz», — dedi Ultimate Fighting Championship (UFC) prezidenti Dana Uayt «Rich Eisen Show» ko‘rsatuvida.

Konor Makgregor keyingi jangini 2020-yilning 18-yanvarida Las-Vegasda amerikalik Donald Serronega qarshi o‘tkazadi. Habib Nurmagomedovning ham jangi 2020-yilning 18-sanasiga (faqat aprel oyida) belgilangan: Nyu-York oktagonida u amerikalik Toni Fergyuson bilan orani ochdi qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring