Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Turkiyalik Xatiko» koronavirusga chalingan xo‘jayini shifoxonadan chiqishini bir hafta poyladi (video)

«Turkiyalik Xatiko» koronavirusga chalingan xo‘jayini shifoxonadan chiqishini bir hafta poyladi (video)

Skrinshot

Turkiyada bir it koronavirusga chalingan egasining shifoxonadan chiqishini bir hafta poyladi. Shifoxonada «navbatchilik qilgan» itning videosi internetda tarqaldi.

Xodimlar aytishicha, jonivor tez yordam mashinasi orqasidan kasalxonagacha chopib kelgan. Aytishlaricha, har kuni shifoxonaga kelib, qorong‘u tushsa qaytib ketarkan.

Eng yaxshisi, oxiri o‘sha mashhur kinoasar (qolaversa, unga asos bo‘lgan voqea)dek tugamagani. Uyiga javob berilgan bemorni aravachada olib chiqishganida esa... Yaxshisi, o‘zingiz ko‘ring va xulosa qiling.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring