Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Turkiya Xitoyda musulmonlar qanday yashayotganini o‘rganadi

Turkiya Xitoyda musulmonlar qanday yashayotganini o‘rganadi

Turkiya hukumati Xitoy Xalq Respublikasining Sharqiy Turkiston hududida istiqomat qilayotgan uyg‘ur-musulmonlarning yashash sharoitlarini o‘rganish maqsadida delegatsiya jo‘natish taklifini qabul qildi, deb xabar bermoqda Middle Easy Eye. Ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdog‘an Xitoy prezidenti Si Szinpin bilan o‘zaro muzokaralar vaqtida mamlakatda uyg‘ur musulmonlariga bo‘lgan munosabat masalasini ham o‘rtaga tashlagan.

Biroq Xitoy ommaviy axborot vositalari «uchrashuvlar chog‘ida Turkiya prezidenti Xitoyning Shinjondagi pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlagani va mintaqada uyg‘urlar hayotini «baxtli» deb atagani» haqida ma’lumot berish bilangina cheklangan.

Ammo, Turkiya prezidenti ma’muriyati vakili Faxrettin Altunning so‘zlariga ko‘ra, Sharqiy Turkistondagi uyg‘ur musulmonlari hayoti bilan tanishish taklifi Xitoy tarafidan berilgan va Turkiya bu taklifni qabul qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring