Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Turkiya parlamenti Finlyandiyaning NATOga a’zo bo‘lishini ma’qulladi

Turkiya parlamenti Finlyandiyaning NATOga a’zo bo‘lishini ma’qulladi

Turkiya parlamenti kecha, 30-mart kuni Finlyandiyaning NATOga kirishi haqidagi protokolni ratifikatsiya qilish uchun ovoz berdi.

Turkiya ittifoqdagi 30 davlat ichida Finlyandiyaning unga kirishini ratifikatsiya qilmagan oxirgisi bo‘ldi. Bu jarayon Vengriya parlamenti tomonidan o‘tgan hafta amalga oshirilgan edi.

Shu tariqa Finlyandiyaning Shimoliy Alyansga kirishi uchun to‘siq qolmadi.

Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi ortidan Shvetsiya va Finlyandiya NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza bergan edi. Biroq rasmiy Anqara Shvetsiyaning ittifoqqa kirishini ratifikatsiya qilishni istamayapti.

Yanvar oyida Erdo‘g‘on Shvetsiya Turkiyadan NATOga a’zolik borasida xayrixohlik kutmasligi kerakligini aytgan edi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring