Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tug‘dirdingmi? Boqqin-da!

Tug‘dirdingmi? Boqqin-da!

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkabog‘ tumanlararo sudi 2015-yildayoq Ravshan Ne’matovga (ism-familiyalar o‘zgartirildi) majburiyat yuklagan ediki, yigitning guli, bir emas, to‘rtta bola tug‘dirib qo‘yibsiz, ularning ta’minotini ham qiling-da endi...

Biroq Ravshanboy bunga parvo ham qilgani yo‘q. Ha endi, bola degani dumalab-dumalab katta bo‘ladi-da, ochdan o‘lmaydi baribir, degan xayolga borgan bo‘lsa kerak-da. Bu yoqda bolalarining onasi to‘rt bolani boqaman deb iyig‘i chiqib ketayozdi...

Sud qarori  mavjud ekan, unda belgilangan majburiyatdan qutilmoqning iloji yo‘q. Ravshan Ne’matovning sud qarorida ko‘rsatilgan majburiyati – oyma-oy to‘lashi shart bo‘lgan aliment miqdori yig‘ilib-yig‘ilib o‘ttiz yetti million so‘mdan oshib ketdi. Majburiy ijro byurosining Yakkabog‘ tumani bo‘limi xodimlari qarasaki, qarzdor miqdordan ko‘pam tashvishga tushgani yo‘q, alimentni o‘z vaqtida to‘lash siyoqiyam ko‘rinmayapti. Nima qilmoq kerak? Byuro xodimlari vakolati doirasi andak harakat qilgandiki, hammasi joyiga tushdi.

Qarzdorlik qoplandi.

To‘lamaysan-a, to‘lamaysan!

Tug‘dirganingdan keyin boqqin-da, akasi?!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring