Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Transport vazirligi milliy yuk tashuvchilarni Polsha chegarasidagi vaziyatdan ogohlantirdi

Transport vazirligi milliy yuk tashuvchilarni Polsha chegarasidagi vaziyatdan ogohlantirdi

O‘zbekiston Transport vazirligi milliy tashuvchilarni Yevropa mamlakatlariga yuk tashuvlarini amalga oshirishda Polsha va Belarus chegarasidagi vaziyatdan ogohlantirmoqda.

Ma’lum qilinishicha, Polsha Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tegishli qarori bilan joriy yilning 21-fevral sanasidan Belarus Respublikasi bilan Kukuriki – Kozlovichi chegara nazorat o‘tkazish punkti orqali (Yevropa Ittifoqiga va Yevropa erkin savdo assotsiatsiyasiga a’zo mamlakatlarda ro‘yxatga olingan yuk avtotransport vositalaridan tashqari) barcha yuk avto transport vositalari harakatlanishi ikki tomonlama (kirish-chiqish) vaqtincha noma’lum muddatga to‘xtatilgan.

Buning natijasida esa hozirda ushbu chegara nazorat o‘tkazish punktida xorijiy mamlakatlar yuk tashuvchilarining transport vositalari to‘planib qolgan.

«Shu munosabat bilan milliy tashuvchilardan Yevropa mamlakatlariga yuk tashuvlarini amalga oshirish jarayonida ushbu holatni inobatga olishlarini so‘rab qolamiz.

Hozirda o‘zbek milliy tashuvchilari yuk transport vositalarini Litva chegara nazorat o‘tkazish punktlari orqali to‘siqlarsiz harakatlanishini ta’minlash yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda», – deyiladi vazirlik izohida.

Shuningdek, Yevropa davlatlariga yuk tashuvlarini amalga oshirayotgan milliy tashuvchilarda ushbu vaziyat yuzasidan savollar tug‘ilganda +998 71 202 05 01 (114) va +998 97 709 16 00 telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish so‘ralmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring