Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Transport vaziri xitoy-qirg‘iz chegarasiga bordi

Transport vaziri xitoy-qirg‘iz chegarasiga bordi

Foto: Transport vazirligi

Bugun, 25-mart kuni Transport vaziri I.Mahkamov boshchiligidagi delegatsiya «Irkeshtom» chegara o‘tkazish punktiga tashrif buyurdi. 

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-27-yanvar kunlari Qirg‘iz Respublikasiga davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlar ijrosini ta’minlash bo‘yicha qabul qilingan yo‘l xaritasiga muvofiq «Andijon-O‘sh-Irkeshtom» yo‘nalishi bo‘ylab, Xitoy Xalq Respublikasidan yuklarni tashish, ularni saqlash hamda tashuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida logistika markazini tashkil etish vazifasi belgilangan.

Ta’kidlanishicha, vazirning tashrifi davomida avtomobil transportida yuk tashuvlarini amalga oshirishda vujudga kelayotgan muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganish hamda ikki mamlakat hamkorligida logistika markazni tashkil qilish bo‘yicha qulay manzilni aniqlash ko‘zda tutilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring