Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp prezidentlik poygasida yetakchilik qilayotgani bilan maqtandi

Tramp prezidentlik poygasida yetakchilik qilayotgani bilan maqtandi

Foto: RIA Novosti

AQSh prezidenti Donald Tramp prezidentlik poygasida g‘alaba qozonishiga ishonmoqda. Bu haqda 23-oktyabr kuni Oq uy matbuot xizmati xabar berdi.

«O‘ylaymanki, biz g‘alaba qozonmoqdamiz... Biz sezilarli farq bilan g‘alaba qozonmoqdamiz. Bu ikkinchi o‘rindagi shaxsning chiqishi emas, to‘g‘rimi?» – dedi Tramp Floridadagi saylovoldi mitingiga izoh berib.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, u hozirda yetakchi o‘rinni egallab turibdi va to‘rt yil avvalgidan ancha ishonchliroq g‘alabaga erishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha demokratlar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod Jozef Bayden so‘nggi debatda raqibi — respublikachilar nomzodi Donald Tramp ustidan g‘alaba qozongani aytilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring