Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tramp G20 sammitida Putin bilan uchrashadi

Tramp G20 sammitida Putin bilan uchrashadi

Foto: VVS

AQSh prezidenti Donald Tramp Yaponiyaning Osaka shahrida bo‘lib o‘tadigan G20 sammitida Vladimir Putin bilan uchrashadi. Bu haqda AQSh prezidenti administratsiyasi tomonidan xabar berilgan.

Tramp shuningdek yana bir qator davlatlar yetakchilari bilan uchrashishni rejalashtirgan. Ular orasida Avstraliya bosh vaziri Skott Morrison, Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe, Hindiston bosh vaziri Narendra Modi, Germaniya kansleri Angela Merkel, Saudiya Arabistoni valiahd shaxzodasi Muhammad bin Salmon, XXR raisi Si Szinpin va Turkiya prezidenti Rejep Toyip Erdogan bor.

Donald Tramp uchrashuv davomida Putin bilan Eron, Ukraina, Yaqin Sharq va boshqa masalalarni muhokama qiladi. Shu bilan birga Tramp albatta AQSh prezidentligi uchun o‘tkazilgan saylovlarga aralashuv va Venesuela mavzusini ham ko‘tarishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring