Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Toyota»ning bosh idorasida yong‘in sodir bo‘ldi

«Toyota»ning bosh idorasida yong‘in sodir bo‘ldi

Foto: «Yangin»

Yaponiyaning ma’lum-u mashhur «Toyota R&D» kompaniyasi bosh idorasida yong‘in kelib chiqdi, xodimlar zudlik bilan ko‘chirildi, hozircha jarohatlanganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan, deb xabar berdi «NHK» telekanali.

Manbada keltirilishicha, mahalliy vaqt bilan taxminan soat 16:50 da shahar yong‘in xavfsizligi xizmatiga binoning sakkizinchi qavatida tutun chiqqanligi haqida xabar kelib tushgan. Ayni vaqtda voqea sodir bo‘lgan joyda tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Yong‘in sababi hozircha noma’lum.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring