Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

To‘yda selfi tushaman deb to‘rt kishi halok bo‘ldi — Hindiston

To‘yda selfi tushaman deb to‘rt kishi halok bo‘ldi — Hindiston

Foto: «Pixabay»

«Times of India» yozishicha, Hindistonda to‘rt kishi selfimaniya qurboni bo‘ldi.

Politsiya xabariga ko‘ra, voqea kecha, 7-oktyabr kuni Tamilnad shtatidagi to‘g‘on yonida sodir bo‘lgan.

Aniqlanishicha, kelin-kuyov — Nivedita va Praxba hamda ularning qarindoshlari — Kanita, Snexa, Uvarani va Santosh to‘g‘onning yonginasida birga selfi-suratga tushmoqchi bo‘lgan. Nimadir bo‘lib, kuyovdan boshqa hammasi suvga yiqilib ketgan. Praxbu suvga sakrab kelinchakni qutqarib qolgan, qolgan to‘rt kishi cho‘kib ketgan.

Keyinchalik jasadlar topilib, o‘likxonaga yuborilgan. Hodisa yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring