Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentning beshta tumanida bosh soliqchilar o‘zgardi

Toshkentning beshta tumanida bosh soliqchilar o‘zgardi

Foto:«Xabar.uz»

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek, Yunusobod, Sergeli, Shayxontohur va Bektemir tumanlari davlat soliq inspeksiyalarida yangi rahbarlar ish boshladi. Bu haqida DSQ Matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Kabirov Naim Noyobovich Mirzo Ulug‘bek tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

N.Kabirov 1969-yilda Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 1997-yili Toshkent davlat universiteti, 2009-yili Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

U soliq tizimidagi mehnat faoliyatini 1993-yilda Oqqo‘rg‘on tumani davlat soliq inspeksiyasida inspektorlikdan boshlab, yangi lavozimga tayinlanguniga qadar Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan.

Mahmado‘stov Jalol Mahmado‘stovich Yunusobod tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

J.Mahmado‘stov 1973-yilda Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida tug‘ilgan. 1996-yili Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini hamda 2007 yili Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

U soliq tizimida 1996-yildan buyon faoliyat ko‘rsatib, Toshkent shahri tumanlari inspeksiyalarida turli lavozimlarda samarali mehnat qilgan. 2018-yil sentyabr oyidan shu kunga qadar Davlat soliq qo‘mitasining Soliq sohasida huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.

Ergashov Jamshid Ashurovich Sergeli tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

J.Ergashov 1981-yilda Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida tug‘ilgan. 2003-yili Termiz davlat universitetini, 2005-yili O‘zbekiston Milliy universitetini, 2011-yili Bank-moliya akademiyasini (magistratura) tamomlagan.

U 2007-2014-yillarda Surxondaryo viloyati davlat soliq xizmati organlarida faoliyat yuritib, yangi lavozimga tayinlanguniga qadar Moliya vazirligining Soliq-bojxona siyosati va daromadlarni prognozlashtirish departamentida bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

Mullajonov Hojiakbar Xamidovich Shayxontohur tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

X.Mullajonov 1988-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2010-yili Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

U mehnat faoliyatini 2014-yildan Toshkent shahri G‘aznachilik boshqarmasi Shayxontohur tumani bo‘limida inspektorlikdan boshlab, yangi lavozimga tayinlanguniga qadar Yakkasaroy tumani G‘aznachilik bo‘linmasi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritib kelgan.

Davlatov Ilhomjon G‘ulomjonovich Bektemir tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

I.Davlatov 1986-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. 2011-yili Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini va 2018-yili Bank-moliya akademiyasini (magistratura) tamomlagan.

U mehnat faoliyatini 2011-yilda Pensiya jamg‘armasi Toshkent shahar boshqarmasidan boshlab, yangi lavozimga tayinlanguniga qadar ushbu jamg‘armaning Olmazor tumani bo‘limi boshlig‘i sifatida ishlab kelgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring