Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentlik tadbirkorni do‘pposlaganlarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Toshkentlik tadbirkorni do‘pposlaganlarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Foto: «UzNews.uz»

Internet tarmog‘ida 34 yoshli tadbirkor Anvar Radjabovga tan shikastlari yetqazgan shaxslarga go‘yoki chora ko‘rilmayotgani haqida xabar tarqaldi. Ushbu ma’lumot haqiqatdan yiroq, deb xabar berdi Toshkent shahar IIBB.

8 apreldan 9 aprelga o‘tar tunda, taxminan soat 1.30 da Uchtepa tumani IIO FMB navbatchilik qismiga Toshkent shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasiga tan shikastlari bilan erkak kishi kelib tushgani to‘g‘risida xabar keldi.

Tergovoldi tekshiruvi davomida ma’lum bo‘lishicha, shu tunda Uchtepa tumani 25-kvartalidagi eski 2-son taksoparki binosida faoliyat olib boruvchi sexlar ishchilari o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan. Shovqinga 3-qavatdagi sex egasi bo‘lgan 34 yoshli tadbirkor ham chiqib, ishchilarni tinchlantirmoqchi bo‘lgan. Ammo metall konstruksiyalari ishlab chiqaruvchi sex ishchilari tadbirkorga tan shikastlari yetqazganlar. Ushbu hodisada sexlar ishchilaridan tashqari hech kim qatnashmagan, shuningdek chetdan birov bostirib kelmagan.

Ushbu fakt bo‘yicha Uchtepa tumani IIO FMB tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «a», «b», «v» bandlari («Bezorilik») bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi, deyiladi IIBB xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring