Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdan qatnaydigan barcha shaharlararo avtobuslar harakati vaqtincha to‘xtatildi

Toshkentdan qatnaydigan barcha shaharlararo avtobuslar harakati vaqtincha to‘xtatildi

Noqulay ob-havo tufayli 5-dekabrdan Toshkent avtovokzalidan amalga oshiriladigan barcha shaharlararo avtobuslar harakati vaqtinchalik bekor qilindi.

«O‘zbekistonga sovuq ob-havoning kirib kelishi sababli yo‘lovchilar harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida 2022 yilning  5-dekabr sanasidan barcha shaharlararo va xalqaro avtobus yo‘nalishlari vaqtinchalik bekor qilinganligini ma’lum qilamiz.

Yo‘nalishlarning ochilishi xaqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi», – deyiladi Toshkent avtovokzali ma’muriyati xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring