Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdagi muzeyda 7 tilda gapiradigan robot-gid xizmat ko‘rsatmoqda (foto)

Toshkentdagi muzeyda 7 tilda gapiradigan robot-gid xizmat ko‘rsatmoqda (foto)

Foto: «Xabar.uz»

Bugun, 4-may kuni Aloqa tarixi muzeyida aloqa sohasi xodimlarining kasb bayramiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «Xabar.uz» muxbiri xabar bermoqda.

Foto: «Xabar.uz»

Tanatanali tadbirda AKT vaziri Shuhrat Sodiqov so‘zga chiqdi va sohaning 64 nafar xodimiga vazirlikning idoraviy mukofotlarini topshirdi.

Shundan so‘ng muzey binosida yangi – «Soha faxriylari» ekpozitsiyasining ochilish marosimi o‘tkazildi.

Foto: «Xabar.uz»

Bu ekpozitsiyada o‘rnatilgan sensorli ekranda sohada uzoq yillar ishlagan mehnat faxriylari, davlat va vazirlik idoraviy mukofotlariga sazovor bo‘lgan mutaxassislar haqidagi ma’lumotlar bilan tanishish mumkin, ushbu ma’lumotlar bazasi doimiy ravishda to‘ldirilib boriladi. Ushbu dasturiy mahsulotni Toshkentdagi INHA universiteti mutaxassislari tayyorlashgan.

Foto: «Xabar.uz»

Muzeyda tashrif buyuruvchilarga yetti tilda so‘zlovchi robot-gid xizmat ko‘rsatmoqda. U siz bilan bemalol gaplashadi, raqsga tushib beradi, hatto hazillashib ham qo‘yadi.

Muzey xodimlarining bildirishlaricha, robot-gid hozircha birinchi qavatda xizmat qilyapti, kelgusida muzeyning har bir qavatiga ana shunday robot-gidlar qo‘yilishi rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring