Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdagi maxsus tadbirda 1 tonnadan ziyod giyohvandlik moddalari yo‘q qilindi (foto)

Toshkentdagi maxsus tadbirda 1 tonnadan ziyod giyohvandlik moddalari yo‘q qilindi (foto)

Foto:«Xabar.uz»

Bugun 26-iyun «Xalqaro giyohvandlikka va giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurash» kunidir.

Shu munosabat bilan Davlat xavfsizlik xizmati va boshqa huquqni muhofaza qilish idoralari tashabbusi bilan OAV vakillari ishtirokida giyohvand moddalarini yo‘q qilish tadbiri o‘tkazildi.

Ma’lumot berilishicha, ushbu tadbirda jami 1 tonna 27 kg 911 gramm giyohvand moddalari (jumladan 7 kgdan ziyod geroin, 195 kgdan ziyod opiy, 557 kgdan ortiq mariuxana va boshqa vositalar) yoqishga tayyorlangan.

Foto:«Xabar.uz»

Dastavval xorijiy mamlakatlarning O‘zbekistondagi diplomatik korpusi vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillar va jurnalistlar ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi. Anjumanda mutaxassislar giyohvanda moddalari tarqalishini oldini olishda qilinayotgan ishlar borasida ma’lumot berib o‘tishdi.

Foto:«Xabar.uz»
Foto:«Xabar.uz»

Shundan so‘ng, barcha qatnashchilar «Toshrangmetzavod» zavodi pechlarida  zahri qotillarning yoqilishi jarayoni guvohiga aylanishdi. Shuningdek, jurnalistlarga giyohvand moddalari haqiqiyligi va xususiyatlari namoyish etildi.

Foto:«Xabar.uz»
Foto:«Xabar.uz»

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring