Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdagi ko‘cha va yo‘llardan «To‘xtash taqiqlangan» yo‘l belgilari olib tashlanmoqda

Toshkentdagi ko‘cha va yo‘llardan «To‘xtash taqiqlangan» yo‘l belgilari olib tashlanmoqda

Foto: Toshkent shahar IIBB

Toshkent shahar IIBB tarqatgan xabarga ko‘ra, ayni kunlarda shaxar ko‘cha va yo‘llaridagi 3.27 «To‘xtash taqiqlangan» va 3.28 «To‘xtab turish taqiqlangan» yo‘l belgilarini xatlovdan o‘tkazish ishlari davom ettirilmoqda.

Xatlov jarayonida yuqorida qayd etilgan yo‘l belgilarining harakat ishtirokchilariga ko‘rinish darajasiga, shuningdek ularning ko‘cha va yo‘llar belgilangan qismlaridagi mavjud holatga mosligiga e’tibor qaratilmoqda.

Xatlov natijalariga ko‘ra o‘z ahamiyatini yo‘qotgan 3.27 «To‘xtash taqiqlangan» yo‘l belgilari olib tashlanib, 3.28 «To‘xtab turish taqiqlangan» yo‘l belgilariga almashtirilyapti.

«Ushbu yo‘nalishda ko‘rilayotgan choralar yo‘l harakati ishtirokchilariga qo‘shimcha qulayliklar yaratadi va yo‘lovchilarni muammosiz tushirib chiqarish imkoniyatini yaratadi», deyiladi IIBB xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring