Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdagi Inha universiteti talabalari birinchi o‘rinni egalladi

Toshkentdagi Inha universiteti talabalari birinchi o‘rinni egalladi

Foto: «Mitc.uz»

4-may kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida yilning eng yirik talabalar tadbiri — Job Fest (bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi) doirasida «Uzbekistan Contest Spring‘19» keys-chempionati bo‘lib o‘tdi. Bu haqda AKT vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Keys-chempionatlar talabalarga aniq muammolarni hal qilishda nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalar berishga, shuningdek, iqtidorli yoshlarni topishda yordam beradi. O‘z navbatida, keys-chempionati va karera ko‘rgazmasining birlashuvi natijasida talabalar ish beruvchilar oldida o‘zlarini ko‘rsatishlari va o‘zlariga mos va qiziq ish takliflarini qabul qilish imkoniga ega bo‘lishdi. 

Shuningdek, keng miqyosda Job Fest mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Unda O‘zbekistonning xalqaro va mahalliy kompaniyalari vakillari: Coca-Cola, KPMG, Beeline, UMS, UzAuto, TBC, Korzinka, Golden House, Makro va boshqalar ishtirok etdilar.  

Case chempionatida final bosqichiga yo‘l olgan guruhlar:

  • Toshkentdagi Inha universiteti (2-jamoa);
  • I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti;
  • Toshkent shahridagi Xalqaro vestminster universiteti;
  • Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti;
  • Toshkent davlat sharqshunoslik instituti.

Keys-chempionatning final bosqichida Inha universiteti talabalari g‘alabani qo‘lga kiritishdi va tashkilotchilar hamda homiylar tomonidan kompaniyalardagi amaliyotlar, o‘quv kurslari va dasturlarga kirish va boshqa sovg‘alar bilan taqdirlandilar. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring