Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdagi bozor va do‘kon sotuvchilaridan koronavirus tarqaldi – SSV

Toshkentdagi bozor va do‘kon sotuvchilaridan koronavirus tarqaldi – SSV

Foto: Xabar.uz

Mamlakatimizning qator hududlari qatori, Toshkent shahrida ham aholi orasida kasallanish holatlari hamon oshib bormoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Jumladan, poytaxtimizda bugun ayni paytga qadar karonavirusga chalingan 10 nafar fuqarodan 4 nafarini aholi orasidan aniqlanganlar tashkil etdi. Jumladan, «O‘rikzor» savdo majmuasida do‘kon sotuvchisi va uning qizida, shuningdek, sotish uchun mahsulotlarni ushbu savdo majmuasidan olib, Yunusobod tumanida joylashgan do‘konida faoliyat ko‘rsatuvchi sotuvchi va uning turmush o‘rtog‘ida ham koronavirus tasdiqlangan.

Poytaxtimiz, Samarqand va Navoiy viloyatlariga qo‘shimcha ravishda, Namangan va Buxoro viloyatlarida ham kasallanish holatlarining uchrayotgani barchamiz uchun jiddiy ogohlantirish signallari ekanini yodda tutishimiz lozim. Ushbu holatlar oddiy, ammo zarur bo‘lgan karantin qoidalarini turmush tarzimizning bir qismiga aylantirishimiz shart ekanini ko‘rsatmoqda.

Shu bois Sog‘liqni saqlash vazirligi aholidan zarurat bo‘lmaganda ko‘chaga chiqmaslik, ijtimoiy masofani saqlash, jamoat va odamlar to‘plangan joylardan uzoqroq yurish, doimo tibbiy niqobni taqish kabi karantin qoidalariga qat’iy amal qilish lozimligini qayta-qayta so‘rab qolgan. Ushbu tavsiyalarga o‘zingiz va yaqinlaringiz sog‘ligi uchun amal qiling.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring