Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdagi avtobusda noodatiy holat yuz berdi (video)

Toshkentdagi avtobusda noodatiy holat yuz berdi (video)

Foto: Videolavhadan skrinshot

Joriy yilning 23-avgust tonggi soat 9 atrofida «7-avtobus saroyi» MChJ 2-yo‘nalish avtobusida noodatiy holat yuzaga keldi. Bu haqda «Toshshahartrans» axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, yo‘lovchilardan biri o‘zining hushida bo‘lmay, qilingan murojaatlarga javob bermagan. Chiptachi uni uxlayapti degan gumon bilan uyg‘otishga harakat qilgan. Biroq yo‘lovchini uyg‘otish besamar ketgan.

Avtobus haydovchisi Sobit A. zudlik bilan yo‘nalish harakatini to‘xtatib, tezkor tarzda yo‘lovchini eng yaqin shifoxona, Kardiologiya markaziga yetkazgan. Shifokorlar tomonidan yo‘lovchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, biroz vaqtdan so‘ng, u hushiga keltirilgan.

«Tibbiy yordamdan ko‘rsatilgandan so‘ng yo‘lovchi bilan suhbat o‘tkazildi, ushbu yo‘lovchining ismi Anastasiya bo‘lib, o‘zini yaxshi his qilayotganligini va o‘sha kuni dori vositalari qabul qilganligini bildirib o‘tdi. So‘ngra Anastasiyani «Oloy bozori» bekatiga yetkazib qo‘yildi», deyiladi «Toshshahartrans» xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring