Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda YuNISEF tomonidan berilgan vaksina tashuvchi avtomobillar YTHga uchradi

Toshkentda YuNISEF tomonidan berilgan vaksina tashuvchi avtomobillar YTHga uchradi

Ijtimoiy tarmoqlarda YuNISEF tomonidan SSVga taqdim etilgan vaksina tashuvchi mashinalar YTHga uchragani videosi tarqaldi. 

YHXBB ma’lumotiga ko‘ra, bugun soat 11:30larda, Toshkent shahar, Mirobod tumani, Nukus va Amir Temur ko‘chalari kesishgan chorraha yaqinida, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan hududiy boshqarmalarga foydalanish uchun topshirilib, olib ketilayotgan  «Changan» rusumli avtomobil haydovchilaridan biri keskin tormoz bosishi oqibatida ortida harakatlanayotgan ushbu rusumdagi 6 ta avtomobillar ham keskin tormozlanishi yuzaga kelgan.

Hodisa natijasida 2 ta avtomobil texnik shikastlangan. Tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.

Mazkur hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilib, hodisa sodir bo‘lish sabablariga oydinlik kiritilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring