Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda yorilgan suv quvuri tuzatildi

Toshkentda yorilgan suv quvuri tuzatildi

Poytaxtdagi Nukus ko‘chasining Oybek ko‘chasidan Avliyo ota ko‘chasigacha bo‘lgan qismi issiqlik ta’minoti quvurida yuzaga kelgan nosozlik sabab vaqtincha yopilgan edi.

Bir necha soat davomida olib borilgan ta’mirlash ishlaridan so‘ng mutaxassislar avariya holatini bartaraf etishgan. Nukus ko‘chasining avtomobillar harakati uchun yopilgan qismi soat 22:00dan keyin foydalanishga topshirilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda Nukus ko‘chasi ostidan o‘tgan issiq suv quvuri yorilib ketgani aks etgan video tarqalgandi. Aytishlaricha, suv 5 qavatli bino balandligida otilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring