Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda yangi eksperiment joriy qilinishi mumkin

Toshkentda yangi eksperiment joriy qilinishi mumkin

Foto:«Xabar.uz»

Atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik nazorat sohasida jismoniy shaxslarning ishtirokiga doir «Ekonazorat» axborotlashtirish tizimi ishlab chiqildi. Bu Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasida keltirilgan.

Qayd etilishicha, yangi axborot tizimini 2021-yil 1-apreldan boshlab Toshkent shahri va Toshkent viloyatida eksperiment tariqasida joriy etish ko‘zda tutilmoqda.

Ta’kidlanishicha, axborot tizimidagi mobil ilova va Telegram-bot quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:  

  • jismoniy shaxslar tomonidan ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi huquqbuzarlik holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar (foto va video materiiallar)ni Davlat ekologiya qo‘mitasiga manzil (lokatsiya) belgilari bo‘yicha yuborish;
  • huquqbuzarliklar haqida xabar bergan jismoniy shaxslarga pul mukofotlarini to‘lash;
  • 2021-yil dekabr oyidan boshlab hayvonot va o‘simlik dunyosi ob’yektlari va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning joylashuvi bo‘yicha davlat kadastri va ularning monitoringi to‘g‘risida ma’lumotlardan ochiq foydalanish va boshqalar.

«Ekonazorat» axborotlashtirish tizimi 2021-yil 1-sentyabrdan boshlab butun mamlakat hududida uzluksiz ishlashini ta’minlash belgilangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring