Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda «TOYOTA PRADO»ni olib qochgan shaxs ushlandi

Toshkentda «TOYOTA PRADO»ni olib qochgan shaxs ushlandi

Foto: Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati

Aniqlanishicha, joriy yilning 3-dekabri kuni taxminan soat 13.15 larda Toshkent viloyati Toshkent tumanidan 19 yoshli Sh.T. ochiq holda kaliti o‘zida qoldirib ketilgan «TOYOTA PRADO» avtomashinani olib qochgan. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati xabar bermoqda.

Olib borilgan tezkor-qidiruvlar natijasida, avtomashina Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani «Do‘rmon» chorrahasida ushlangan.

Holat yuzasidan Toshkent tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan Sh.T. himoyachi ishtirokida so‘roq qilingan. Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring