Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda tezyurar temir yo‘l qurishga oid qaror muhokamaga qo‘yildi

Toshkentda tezyurar temir yo‘l qurishga oid qaror muhokamaga qo‘yildi

Foto: «Zamin.uz»

Toshkentda tezyurar elektrlashtirilgan temir yo‘l quriladi. Ushbu qaror loyihasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirildi.

«Toshkent shahrida elektrlashtirilgan tezyurar ikki izli aylanma temir yo‘lini qurish uchun qum-shag‘al materiallarini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaror loyihasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 19 maydagi PP-2979-sonli «Toshkent shahrida yer usti halqa metro liniyasi qurilishi» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori, hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 dekabrdagi 981-sonli «Daryo o‘zanlarini tozalash ishlariga onlayn-auksion orqali xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar jalb etish tartibi to‘g‘risida»gi qarorlari ijrosini ta’minlash maqsad qilingan.

Toshkentda tezyurar aylanma temir yo‘li qurish uchun Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi «Xavfsiz daryo» davlat unitar korxonasiga istisno tariqasida «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining «Ko‘prikqurilish» tresti unitar korxonasi bilan toshqin suvlari va sel oqimlarini xavf-xatarsiz o‘tkazib yuborishni ta’minlash, qor ko‘chish va yer ko‘chki hodisalari xavfini kamaytirish bo‘yicha hukumat komissiyasi tomonidan belgilanadigan uchastkalar ro‘yxati asosida daryolar o‘zanlarini tozalashda qum-shag‘al materiallarini qazib olish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzishga ruxsat berilishi ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, saytimiz orqali Toshkent yer usti halqa metrosi yo‘nalishi va boshqa ma’lumotlar berib o‘tilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring